6 – 8 Noyabr
2024 yil
Central Asian Expo (CAEx) ko‘rgazma majmuasi
Toshkent, Oʻzbekiston
Sana va joy
Ko‘rgazma Markaziy Osiyodagi eng yirik ko‘rgazma majmuasi - CAEx Uzbekistan’da bo‘lib o‘tadi.
Central Asian Expo (CAEx) ko‘rgazma majmuasi barcha xalqaro standartlarga javob beradigan zamonaviy muhandislik-kommunikatsiya uskunalari bilan jihozlangan. Ko‘rgazma maydoni eng yuqori xalqaro standartlarga javob beradi va zamonaviy kommunikatsiyalar, kommunal tarmoqlar va qulay kirish yo‘llariga ega. Pavilonning ustunsiz dizayni ko‘rgazma stendlarini ham standart, ham eksklyuziv dizaynda qurish imkonini beradi.
CAEx Uzbekistan" ko'rgazma majmuasi
Yirik xalqaro va milliy ko'rgazmalar, kongresslar va boshqa muhim tadbirlarni o'tkazish uchun ko'p funktsiyali biznes maydon.
  • Qurilish uchun mo‘ljallangan eshiklar 6x6 m - 4 dona
  • Sun’iy yoritish - 1 m² uchun 500 lyuks
  • Ship balandligi - 11 m
  • Pol yuki - 1 m² uchun 3 t
  • Konferentsiya va majlislar zallari - >10 dona.
  • Oziq-ovqat kortlari - 8 dona.
  • Konditsioner tizimlari
  • Audio-video uskunalar, liftlar va eskalatorlar
Qanday borish mumkin?
“Central Asian Expo (CAEx)” xalqaro koʻrgazma majmuasi (Mirzo-Ulugʻbek tumani, Milliy Bogʻ koʻchasi, 1-uy) Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportidan 19 kilometr uzoqlikda joylashgan. “Central Asian Expo (CAEx)”ga tashrif buyurish uchun quyidagi usullardan foydalanishingiz mumkin:

  • Taksi bilan: Taksi kompaniyalari kuniga 24 soat ishlaydi. CAEx’ga Toshkentning istalgan tumanidan taksida tez yetib borishingiz mumkin. Avtomobilga buyurtma berish uchun MyTaxi, Yandex, Indriver, Millenium taksi xizmatlaridan yoki mahalliy taksi xizmatlaridan foydalaning.
  • Aeroportdan yoki temir yo‘l stantsiyasidan transfer hizmatlaridan foydalanishingiz mumkin. Haydovchi sizni temir yo‘l stantsiyasida yoki aeroportda kutib oladi va manzilga olib boradi.
  • Jamoat transporti: “Toshkent Transport” ilovasida yetib olish uchun eng qulay yoʻnalishdan foydalanishingiz mumkin.

Heimtextil Uzbekistan jamoasi bilan aloqa

Ijtimoiy tarmoqlar
Ko'rgazma tashkilotchisi
ООО "BMC-LLP"
E-mail: heimtextil@bmca.uz
Telefon raqami: +998 55 515 05 22