Heimtextil Uzbekistan
Heimtextil Uzbekistan — O‘zbekiston va Markaziy Osiyodagi uy va interyer tekstili sohasidagi yetakchi xalqaro ko‘rgazma. Tadbir Messe Frankfurt litsenziyasi asosida tashkil etiladi va dunyodagi uy va interyer tekstili sohasidagi eng yirik xalqaro platformalardan biri bo‘lgan Heimtextil global brendining bir qismi hisoblanadi.

2027-yil 11–13-oktabr | Toshkent, O‘zbekiston

Ko‘rgazma ishlab chiqaruvchilar, yetkazib beruvchilar, dizaynerlar, distribyutorlar, chakana savdo tarmoqlari, qurilish kompaniyalari va Markaziy Osiyoda to‘qimachilik biznesini rivojlantirishdan manfaatdor professional xaridorlarni birlashtiradi.
Asosiy mahsulot yo‘nalishlari:
  • Uy tekstili
  • Choyshablar, ko‘rpalar va yostiqlar
  • Dekorativ va mebelbop matolar
  • Gilamlar va gilam qoplamalari
  • Hammom tekstili
  • Deraza pardalari va interyer yechimlari
  • Tolalar, ip-kalava va to‘qimachilik texnologiyalari
  • Interyer bezaklari va qo‘l mehnati mahsulotlari
Heimtextil Uzbekistan ko‘rgazmasi Texworld Tashkent va Apparel Sourcing Tashkent bilan bir vaqtda o‘tkazilib, mintaqadagi eng yirik B2B to‘qimachilik tadbirini tashkil etadi.
Heimtextil Uzbekistan
Texworld Tashkent va Apparel Sourcing Tashkent
Texworld Tashkent moda sanoatining minglab professional ishtirokchilarini birlashtiradi va kelajakdagi tendensiyalarni kashf etish uchun noyob imkoniyat yaratadi. Ommaviy segment mahsulotlaridan tortib premium darajadagi eksklyuziv materiallargacha — biz trendlar shakllanadigan platformani taqdim etamiz.
Apparel Sourcing Tashkent kiyim brendlari, chakana savdo tarmoqlari, ulgurji kompaniyalar va mustaqil dizaynerlar uchun yetakchi xalqaro kiyim ishlab chiqaruvchilarini topish imkonini beruvchi ixtisoslashgan platformani taqdim etadi.
Bizning ko'rgazmamizdan video:

Heimtextil Uzbekistan 2025 asosiy raqamlari

  • 8 000 m²
    umumiy ko'rgazma maydoni
  • 219
    ishtirokchi
  • 600+
    B2B-uchrashuvlar
  • 4 000+
    tashrif buyuruvchilar
Ko‘rgazma - bu faqat bitta sanoat emas, balki butun to‘qimachilik zanjiri:
xomashyodan tayyor mahsulotgacha.
3 asosiy sanoat:
  • Gazlamalar, ip-kalava, tolalar, funksional materiallar, furnitura
    01
  • Tayyor kiyim-kechak, kontrakt ishlab chiqarish, private label, aksessuarlar
    02
  • Uy to‘qimachilik mahsulotlari, mebel matolari, bezaklar
    03

Nima uchun ishtirok etish muhim?

  • Maqsadli xaridorlarga (bayerlarga) chiqish. Ko'rgazmada xarid qiluvchi va yetkazib beruvchilarni qidirayotgan kompaniyalar qatnashadi.
  • Markaziy Osiyo bozoriga chiqish. O'zbekiston — mintaqada faoliyat yuritish uchun asosiy xab (markaz) hisoblanadi.
  • Butun tarmoqning jamlanishi. Matolar, ishlab chiqarish, brendlar va texnologiyalar — barchasi bir joyda.
  • Tezkor muzokaralar va bitimlar. Jonli muloqot qaror qabul qilish jarayonini (siklini) qisqartiradi.
  • Yakka tartibda qidirishdan ko'ra samaraliroq. 3 kun ichida — o'nlab maqsadli uchrashuvlar.
Uy tekstili va interyer yechimlari
  • Uy uchun matolar: choyshablar, sochiqlar, pardalar
  • Dekorativ tekstil va interyer yechimlari
  • Gilamlar, pol qoplamalari va tekstil dekori
  • HoReCa uchun tekstil (mehmonxonalar, restoranlar)
  • Barqaror va ekologik toza (eco-friendly) materiallar
  • Smart-tekstil va funksional matolar
  • Interyerda dizayn, trendlar va innovatsiyalar

Nima uchun O'zbekiston?

O'sayotgan bozor
Barqaror iqtisodiy o'sish hamda tekstil va kiyim-kechakka bo'lgan talabning ortishi

Kuchli ishlab chiqarish bazasi
To'liq sikl: xomashyodan (paxta) tayyor mahsulotgacha

Qulay logistika
Yevropa va Osiyo o'rtasida joylashuv, qo'shni bozorlarga chiqish imkoniyati

Yosh aholi
Mehnatga layoqatli aholining katta ulushi — ishlab chiqarish va iste'molning o'sishi

Mintaqaviy xab
O'zbekiston orqali — butun Markaziy Osiyo bozoriga kirish imkoniyati
Hamkorlar
Ishtirokchilar orasida 2025
Ko'rgazma yangiliklari

    Asosiy kontaktlar:

    Qanday yetib borish mumkin?
    Manzil: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Amir Temur shoh ko‘chasi, 107

    MKK “O’zekspomarkaz”
    1-, 2- va 3-pavilyonlar

    Quyidagi transport orqali yetib borish mumkin:
    • Taksi: ilovada “O’zekspomarkaz”deb kiriting
    • Metro: “Bodomzor” bekati, so‘ng 10–15 daqiqa piyoda
    • Avtobus: № 67, № 71, № 93, № 114
    • Marshrutka: № 18, № 24, № 50, № 95
    • Avtomobil: navigatorga “O’zekspomarkaz”deb kiriting
    Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating