Ko'rgazma yangiliklari

🤝 O'ZCHARMSANOAT — Heimtextil Uzbekistan, Apparel Sourcing Tashkent va Texworld Tashkent ko'rgazmalarining hamkori!

Ko'rgazmalar hamkorini taqdim etishdan mamnunmiz: O'zbekiston charm, poyabzal va mo'yna korxonalari uyushmasi «O'zcharmsanoat».

👞 Uyushma xomashyodan tayyor mahsulotgacha butun sohani birlashtiradi: charm, poyabzal, sumkalar, aksessuarlar, mo'yna, qorako'l va jun.

🌍 Uning maqsadi — O'zbekistonni butun Markaziy Osiyo uchun charm, poyabzal va mo'yna sanoatining ishlab chiqarish markaziga aylantirish. Uyushma korxonalarga eksportga chiqish, investitsiya jalb qilish va xalqaro standartlar asosida ishlashda yordam beradi.

O'zcharmsanoat bilan hamkorlik ko'rgazmalarni yanada kengaytiradi. Endi bu yerda to'qimachilik, kiyim va charm uchrashadi — to'liq kolleksiya yaratish uchun hammasi bir joyda 👗👜👠

📅 2026-yil 12–14-oktabr

📍 O'zekspomarkaz, Toshkent

Ro'yxatdan o'tish bepul — havola profilda 👆

#Uzcharmsanoat #Heimtextil #HeimtextilUzbekistan #Texworld #TexworldTashkent #ApparelSourcing #MadeInUzbekistan #Toshkent #charm #poyabzal #yengilsanoat
2026-10-08 04:25