Heimtextil Uzbekistan — Markaziy Osiyodagi interyer va uy tekstiliga bag‘ishlangan yetakchi ko‘rgazma


12 – 14.10.2026



O’zekspomarkaz,
Toshkent, Oʻzbekiston
Heimtextil Uzbekistan
Markaziy Osiyoda uy va interyer tekstiliga ixtisoslashgan yetakchi xalqaro B2B ko‘rgazma.

Tadbir O‘zbekiston, MDH mamlakatlari, Yaqin Sharq, Yevropa va Osiyodan ishlab chiqaruvchilar, yetkazib beruvchilar, xaridorlar (bayyerlar), dizaynerlar hamda qaror qabul qiluvchi rahbarlarni bir maydonda jamlaydi.
Heimtextil Uzbekistan xalqaro Heimtextil – Texworld – Apparel Sourcing ko‘rgazmalar portfelining tarkibiy qismi bo‘lib, biznesni rivojlantirish, hamkorlar topish va jadal rivojlanayotgan tekstil bozoriga kirish uchun mintaqaviy platforma hisoblanadi.

Ko‘rgazma Germaniyaning Messe Frankfurt kompaniyasi bilan hamkorlikda o‘tkaziladi. Ushbu hamkorlik tadbirning yuqori professional darajada tashkil etilishini, xalqaro ko‘rgazma standartlariga muvofiqligini va global miqyosdagi pozitsiyasini mustahkamlashini ta’minlaydi.
Nima uchun Heimtextil Uzbekistan?
  • Markaziy Osiyo bozoriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish

    Ko‘rgazma tekstilga bo‘lgan talab taklifdan tezroq o‘sayotgan mintaqada o‘tkaziladi. Bu vositachilarsiz, bevosita bozor bilan ishlash imkonini beradi.
  • Uy va interyer tekstiliga o‘sib borayotgan talab

    Uy-joy qurilishi, shuningdek, mehmonxona va tijorat sektorining rivojlanishi tekstil mahsulotlariga — ommaviy segmentdan dizayn yechimlarigacha — barqaror talabni shakllantirmoqda.
  • Xalqaro bayyerlar va brendlar tomonidan real qiziqish
    Ko‘rgazmaga oddiy tashrif buyuruvchilar emas, balki yangi yetkazib beruvchilar va bozorlarni izlayotgan xaridorlar hamda kompaniya vakillari tashrif buyuradi.
  • Xalqaro darajadagi tashkilot

    Loyiha tajribali xalqaro va mintaqaviy tashkilotchilar ishtirokida amalga oshiriladi. Bu professional auditoriyani jalb etish, samarali biznes formatlarini yo‘lga qo‘yish va tadbirning yuqori sifat darajasini ta’minlaydi.
Heimtextil Uzbekistan
Texworld Tashkent va Apparel Sourcing Tashkent
Texworld Tashkent moda sanoatining minglab professional ishtirokchilarini birlashtiradi va kelajakdagi tendensiyalarni kashf etish uchun noyob imkoniyat yaratadi. Ommaviy segment mahsulotlaridan tortib premium darajadagi eksklyuziv materiallargacha — biz trendlar shakllanadigan platformani taqdim etamiz.
Apparel Sourcing Tashkent kiyim brendlari, chakana savdo tarmoqlari, ulgurji kompaniyalar va mustaqil dizaynerlar uchun yetakchi xalqaro kiyim ishlab chiqaruvchilarini topish imkonini beruvchi ixtisoslashgan platformani taqdim etadi.
Hamkorlar
Ko'rgazma yangiliklari

Asosiy kontaktlar:

Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating