Ko'rgazma yangiliklari

O‘zbekistonda ilk marotaba: Heimtextil Uzbekistan, Texworld Tashkent va Apparel Sourcing Tashkent ko‘rgazmalarida Trend book 2025-2026

O‘zbekistonda ilk marotaba: Heimtextil Uzbekistan, Texworld Tashkent va Apparel Sourcing Tashkent ko‘rgazmalarida Trend book 2025-2026

6-8 noyabr kunlari CAEx ko‘rgazma majmuasida Markaziy Osiyo to‘qimachilik sanoatining asosiy tadbirlari – Heimtextil Uzbekistan, Apparel Sourcing Tashkent va Texworld Tashkent ko‘rgazmalari bo‘lib o‘tadi.Ushbu tadbirlar to‘qimachilik sanoatidagi ilg‘or ishlanmalar va butun dunyo bo‘ylab dizaynerlarning innovatsion g‘oyalarini birlashtirgan haqiqiy sensatsiya bo‘lishini va‘da qiladi.

Ko‘rgazmaning asosiy voqeasi Lui Gerin va Gregori Lamoning badiiy rahbarligi ostida fransuz dizaynerlarining iste‘dodli jamoasi tomonidan yaratilgan IMPERFaiCTION 2025-2026 eksklyuziv trend book’ning taqdimoti bo‘ladi. Ularning stilistlar, dizaynerlar va trendsetterlar jamoasi moda va to‘qimachilik olamidagi ertangi tendensiyalar bo‘yicha zamonaviy qo‘llanmani tayyorladilar. Ushbu kitob moda tendensiyalaridan xabardor bo‘lishga va to‘qimachilik sanoatida muvaffaqiyatga erishishga intilayotgan dizaynerlar uchun muhim vositadir.

Messe Frankfurt rasmiy vakilidan taqdimot

Trend book taqdimoti 6-noyabr kuni soat 15:00 da bo‘lib o‘tadi va soha mutaxassislari uchun bu yorqin va uzoq kutilgan voqea bo‘ladi. O‘zbekiston uchun ilk bor ushbu noyob g‘oyalar va ilhom kolleksiyasini Messe Frankfurt rasmiy vakili Klaudiya Frans taqdim etadi. Uning taqdimoti san‘at, texnologiya va barqarorlikni birlashtirgan to‘qimachilik yechimlariga e‘tibor qaratib, kelgusi mavsumda diqqat qilish kerak bo‘lgan asosiy yo‘nalishlar va mavzularni ochib beradi.

Faqatgina ko‘rgazma kuni tashrif buyuruvchilar eksklyuziv trend book’ni – dolzarb tendensiyalar bo‘yicha qo‘llanmani xarid qilish uchun noyob imkoniyatga ega bo‘ladilar!

2024-11-01 15:26