Ko'rgazma yangiliklari

FOURSOURCE — Heimtextil Uzbekistan, Apparel Sourcing Tashkent va Texworld Tashkent ko'rgazmalarining hamkori

FOURSOURCE Heimtextil Uzbekistan, Apparel Sourcing Tashkent va Texworld Tashkent ko'rgazmalarining rasmiy hamkori bo'ldi. Ko'rgazmalar 2026-yil 12–14-oktabr kunlari Toshkentdagi Uzekspomarkazda bo'lib o'tadi.

FOURSOURCE — to'qimachilik va tikuvchilik sohasidagi dunyodagi eng yirik B2B xarid platformasi. Kompaniya 2017-yilda tashkil etilgan, bosh ofisi Berlinda joylashgan va 5 ta mamlakatda ofislari faoliyat yuritadi. Bugungi kunda platformada butun dunyodan 55 000 dan ortiq kompaniya ishlaydi: brendlar, chakana savdo kompaniyalari, kiyim, mato, furnitura, ip va uy to'qimachiligi ishlab chiqaruvchilari.

Platforma xarid jarayonining barcha bosqichlarini bir joyga jamlaydi. Xaridorlar ishonchli yetkazib beruvchilarni mahsulot toifasi, mamlakat, muddat va buyurtma hajmi bo'yicha topadi. Ular tijorat takliflarini so'raydi va solishtiradi, sertifikatlarni tekshiradi, so'ng buyurtmalarni rasmiylashtiradi, to'laydi va kuzatib boradi. Ishlab chiqaruvchilar esa xalqaro xaridorlar bilan aloqa, yangi buyurtmalar va quvvatlarni bir tekis yuklash imkoniyatiga ega bo'ladi.

Hamkorlik ikki formatni birlashtiradi: ko'rgazmadagi jonli uchrashuvlar va undan keyin ham davom etadigan raqamli aloqalar. Ko'rgazma ishtirokchilari va mehmonlari xalqaro bozorga chiqish uchun yana bir imkoniyatga ega bo'ladi. O'zbek ishlab chiqaruvchilari o'z mahsulotlarini butun dunyo xaridorlariga taqdim eta oladi.

Sizni 2026-yil 12–14-oktabr kunlari Uzekspomarkazda kutamiz!