Ko'rgazma yangiliklari

Toshkent ko‘rgazmalari INTERTEXTILE SHANGHAIda!

INTERTEXTILE SHANGHAI'dagi agentlar uchrashuvida Heimtextil Uzbekistan, Texworld Tashkent va Apparel Sourcing Tashkent taqdim etildi!

INTERTEXTILE SHANGHAI — eng yirik xalqaro tekstil ko‘rgazmalaridan biri. Koʻrgazma doirasida Messe Frankfurt agentlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Heimtextil Uzbekistan, Texworld Tashkent va Apparel Sourcing Tashkent ko‘rgazmalari taqdim qilindi.

Tadbirda 80 dan ortiq xalqaro agentlar ishtirok etdi. Bu esa Toshkentda o‘tkaziladigan ushbu ko‘rgazmalarga bo‘lgan yuqori qiziqish va global miqyosdagi ahamiyatni yana bir bor tasdiqlaydi. Messe Frankfurtning kuchli qo‘llab-quvvatlashi tufayli bizning tadbirlar dunyo bo‘ylab yetakchi ishlab chiqaruvchilar, yetkazib beruvchilar, dizaynerlar va bayerlarning e’tiborini tortadi.

Messe Frankfurtning xalqaro tarmog‘i — yangi bozorlar, global biznes aloqalar va keng imkoniyatlar uchun kafolatdir. Biz innovatsiyalar, yangi tendensiyalar va sanoatning asosiy ishtirokchilari uchrashadigan yagona platformani yaratamiz.

Heimtextil Uzbekistan, Texworld Tashkent va Apparel Sourcing Tashkent ko‘rgazmalariga qo‘shiling va Markaziy Osiyodagi tekstil va moda sanoatining rivojlanish nuqtasida bo‘ling!