Ertaga O‘zbekistonda eng yirik to‘qimachilik ko‘rgazmalari boshlanadi!
Ertaga Heimtextil Uzbekistan, Texworld Tashkent va Apparel Sourcing Tashkent eng yirik xalqaro ko‘rgazmamalari ochiladi! Ushbu tadbir O‘zbekiston va butun mintaqaning to‘qimachilik sanoati uchun muhim voqea bo‘lib, dunyoning turli burchaklaridan kelgan 250 dan ortiq ishtirokchini birlashtiradi.
2024-yil 6-noyabr, soat 11:00, CAEx koʻrgazma majmuasi, Toshkent – Heimtextil Uzbekistan, Texworld Tashkent va Apparel Sourcing Tashkent 2024’ning tantanali ochilishi!
Sizni quyidagilar kutmoqda:
Ishtirokchilar: Toʻqimachilik sanoatining turli segmentlarini ifodalovchi 250 dan ortiq kompaniyalar, jumladan ishlab chiqaruvchilar, yetkazib beruvchilar va ekspertlar.
Biznes dasturi: Intensiv sessiyalar va networking, unda yetakchi ekspertlar toʻqimachilik ishlab chiqarish, dizayn va barqaror rivojlanish sohasidagi dolzarb tendensiyalarni muhokama qiladilar.
To‘qimachilik sohasidagi eng yangi texnologiyalar va innovatsion yechimlarni namoyish etadigan noyob ko‘rgazma loyihalariga alohida e’tibor qaratiladi.
Voqealar markazida bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! Sizni Heimtextil Uzbekistan, Texworld Tashkent va Apparel Sourcing Tashkent 2024 ko‘rgazmalarida kutib qolamiz!