Heimtextil Uzbekistan, Texworld Tashkent va Apparel Sourcing Tashkent ko'rgazmasiga kimlar tashrif buyurishi kerak?
2026-yil 12–14-oktabr kunlari O'zekspomarkaz butun to'qimachilik zanjirini bir joyga jamlaydi: ip va uskunalardan tortib tayyor kiyim va uy to'qimachiligigacha. Bu yil 250+ kompaniya, 6 000+ professional tashrif buyuruvchi va 2 000+ bayer qatnashadi/
Nega aynan hozir. O'zbekiston to'qimachilik eksporti bir yilda 20,1% ga o'sdi, aralash matolarga bojlar 2028-yilgacha nolga tushirildi. Imkoniyatlar eshigi ochiq — ko'rgazma esa undan foydalanishning eng yaxshi yo'li.
Apparel — tayyor kiyim, Private Label, shartnoma asosida ishlab chiqarish
Machinery — 2026-yil yangiligi: to'qimachilik va tikuvchilik uskunalari
Kimlar uchun foydali:
Kiyim ishlab chiqaruvchilar va tikuvchilik sexlari uchun. Turli mamlakatlardan matolar, trikotaj, furnitura va iplar. Sifatni jonli solishtiring va shartlarni to'g'ridan-to'g'ri kelishing.
Ishlab chiqarish egalari uchun. Ko'rgazmada ilk bor uskunalar bo'limi. Sexni modernizatsiya qilish uchun yangi dastgoh va texnologiyalarni ishda ko'rish va yetkazib beruvchilar bilan darhol muhokama qilish mumkin.
Xaridor va bayerlar uchun. Yangi fabrikalar, Private Label va shartnoma asosida ishlab chiqarish. O'zbekiston mintaqadagi eng tez rivojlanayotgan to'qimachilik markazlaridan biri, ko'rgazma esa uning ishlab chiqaruvchilariga eng qisqa yo'l.
Chakana savdo va uy to'qimachiligi do'konlari uchun. Choyshablar, sochiqlar, pledlar, pardalar va dekor — yangi mavsum assortimenti uchun g'oyalar va fabrikalar bilan bevosita aloqalar.
Mehmonxonalar, restoranlar va klinikalar uchun. HoReCa uchun kontrakt to'qimachiligi: sochiqlar, xalatlar, dasturxonlar, forma — sizning talablaringiz bo'yicha.
Kiyim va interyer dizaynerlari uchun. Fakturalar, ranglar, trendlar va materiallar bir joyda. Yosh dizaynerlar tanlovida esa bir necha mavsumdan keyin tilga olinadiganlarning kolleksiyalari.
Distribyutorlar va tadbirkorlar uchun. Yangi tovar yo'nalishlari, eksklyuziv yetkazib beruvchilar va o'z brendi uchun, jumladan marketpleyslar uchun ishlab chiqarish.
Eksportchilar va biznes rahbarlari uchun. Ekspertlar ishtirokidagi biznes dastur — mintaqa to'qimachiligi kelajagini belgilayotgan olti mavzu:
OEKO-TEX: sertifikat olish va barqaror ishlab chiqarishga o'tish
To'qimachilik biznesini raqamlashtirish: nima haqiqatan ishlaydi
O'zbek to'qimachiligi uchun yangi eksport bozorlari
Markaziy Osiyo to'qimachilik markazi sifatida
Brendlarni diversifikatsiya qilish va to'qimachilik marketingi
To'qimachilik biznesida ayollar: qiyinchiliklar va imkoniyatlar
Talabalar va yosh mutaxassislar uchun. Sohani ichidan ko'rish, kompaniyalar bilan tanishish va rivojlanish yo'nalishini tanlash.