Ko'rgazma yangiliklari

Barcha ishtirokchilar, hamkorlar, spikerlar va tashrif buyuruvchilarga minnatdorchilik bildiramiz!

Barcha ishtirokchilar, hamkorlar, spikerlar va tashrif buyuruvchilarga minnatdorchilik bildiramiz!


2025-yil 14–16 oktabr kunlari Heimtextil Uzbekistan, Texworld Tashkent va Apparel Sourcing Tashkent ko‘rgazmalari O‘zekspomarkazda muvaffaqiyatli o‘tkazildi — bu Markaziy Osiyo to‘qimachilik sanoatining eng muhim xalqaro voqealaridan biri bo‘ldi.


Sizning ishtirokingiz tufayli loyiha to‘qimachilik sanoatining markaziy tadbiriga aylandi, professional muloqot, yangi g‘oyalar almashuvi va xalqaro hamkorlik uchun samarali platforma yaratdi.


8 000 m² maydonda 6 ta davlatdan 219 kompaniya o‘z mahsulotlarini namoyish etdi, 1 000 dan ortiq B2B uchrashuvlar o‘tkazildi, shuningdek, 12 ta panel muhokamasi va tematik sessiyalar bo‘lib o‘tdi, ularda xalqaro ekspertlar ishtirok etdilar.


Biz barcha ishtirokchilar, hamkorlar, spikerlar va tashrif buyuruvchilarga ushbu tadbir muvaffaqiyatiga qo‘shgan bebaho hissalari uchun samimiy minnatdorchilik bildiramiz.

Sizning faol ishtirokingiz ishlab chiqaruvchilar, xaridorlar va dizaynerlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlab, mintaqaning to‘qimachilik sanoatini rivojlantirishga hissa qo‘shadi.


Fotoalbom — ko‘rgazmalardan muhitidan lavhalar: ilhomlantiruvchi uchrashuvlar, yangi shartnomalar va professional muloqotlar.


Kelgusi yilda yana ko‘rishguncha!

Heimtextil Uzbekistan | Texworld Tashkent | Apparel Sourcing Tashkent