“O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazma majmuasida mintaqadagi to‘qimachilik sanoatining eng yirik voqeasiga aylangan uchta xalqaro ko‘rgazma — Heimtextil Uzbekistan, Texworld Tashkent va Apparel Sourcing Tashkent o‘z ishini boshladi.
Loyiha Messe Frankfurt qo‘llab-quvvatlovi ostida o‘tkazilmoqda va Markaziy Osiyoda ushbu tashkilotning rasmiy vakili bo‘lgan BMCA Uzbekistan kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan.
Ushbu uch ko‘rgazma to‘qimachilik, kiyim-kechak va aksessuarlar ishlab chiqaruvchi, yetkazib beruvchi hamda distribyutor kompaniyalarni bir joyga to‘plab, sanoat rivoji va O‘zbekiston eksportini ilgari surishga xizmat qiluvchi yetakchi professional platformani yaratdi.
ASOSIY FAKTLAR 2025
XALQARO BUYER DASTURI
2025-yilda Toshkentga 15 dan ortiq mamlakatlardan professional xaridorlar va savdo tarmoqlari vakillari tashrif buyurishdi.
Ular orasida — Buyuk Britaniya, AQSh, Germaniya, Pokiston, Portugaliya, Fransiya, Vengriya, Xitoy, Bolgariya, Polsha, Turkiya, Rossiya, Gonkong, Tojikiston, Qozog‘iston va Afg‘oniston vakillari bor.
Bu safar dasturda ilgari O‘zbekiston kompaniyalari bilan ishlamagan yangi xaridorlarning ishtiroki alohida e’tiborli bo‘ldi — bu mamlakat to‘qimachilik sohasiga bo‘lgan qiziqishning ortib borayotganini ko‘rsatadi.
Dastur maqsadi — eksport imkoniyatlarini kengaytirish va mahalliy mahsulotlarni xalqaro bozorlarga olib chiqish.
OCHILISH MAROSIMI
Rasmiy ochilishda davlat idoralari, soha uyushmalari va xalqaro hamkorlar vakillari qatnashib, bunday ko‘rgazmalar O‘zbekistonning turli davlatlar bilan ikki tomonlama hamkorligini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladilar.
Lenta kesish marosimida quyidagi ishtirokchilar qatnashdi:
XALQARO HAMKORLIK PLATFORMASI
Heimtextil Uzbekistan, Texworld Tashkent va Apparel Sourcing Tashkent — dunyo bo‘ylab 50 dan ortiq to‘qimachilik ko‘rgazmalarini birlashtiruvchi Messe Frankfurt tarmog‘ining bir qismi.
Ushbu ko‘rgazmalarning Toshkentda o‘tkazilishi O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi to‘qimachilik markaziga aylanayotganini yana bir bor tasdiqlaydi.
Ko‘rgazma quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi:
TREND ZONA
Bu yili Heimtextil Uzbekistan, Texworld Tashkent va Apparel Sourcing Tashkent doirasida maxsus Trend zona tashkil etildi.
U zamonaviy dizayn, material va barqaror ishlab chiqarishdagi global yo‘nalishlarni aks ettiradi.
Bu joy dizaynerlar, ishlab chiqaruvchilar va xaridorlar uchun ilhom manbai bo‘lib, ekologik toza matolar, innovatsion materiallar, rang palitralari va kelajak teksturalari namoyish etilmoqda.
KICHIK VA O‘RTA BIZNES PAVILYoNI
O‘zbekistonning turli hududlaridan 45 dan ortiq kompaniya alohida pavilyonda o‘z mahsulotlarini — uy to‘qimachiligi, trikotaj, kiyim-kechak va aksessuarlarni namoyish etmoqda.
Bu maydon kichik ishlab chiqaruvchilar uchun eksport yo‘liga chiqish va “Made in Uzbekistan” brendini xalqaro bozorga olib chiqish imkoniyatini berdi.
OLDINDA — IKKI KUNLIK BIZNES IMKONIYATLAR
Ko‘rgazmalar 2025-yil 16-oktabrgacha davom etadi.
Uch kun davomida “O‘zekspomarkaz” Markaziy Osiyo to‘qimachilik sanoatining kelajagini belgilaydigan professional uchrashuvlar, innovatsiyalar va hamkorlik markaziga aylanadi.
📍 Joy: “O‘zekspomarkaz”, Toshkent
📆 Sanalar: 2025-yil 14–16-oktabr
🔗 Onlayn ro‘yxatdan o‘tish: expodat.com/onlinereg/uz-heimtextil?lang=uz
📅 Sana: 14.10.2025

- 8 000 m² maydon, 6 mamlakatdan ortiq 250+ kompaniya — O‘zbekiston, Hindiston, Armaniston, Qirg‘iziston, Xitoy va Rossiya.
- 15 dan ortiq davlat vakillari ishtirok etgan xalqaro xaridorlar (buyer) dasturi.
- Ko‘rgazmaning birinchi kunidayoq 1473 dan ortiq professional tashrif buyuruvchi — chakana tarmoqlar, dizaynerlar, ulgurji xaridorlar, treyderlar va soha mutaxassislari.
- Ishtirokchilar uchun tashkilotchilar raqamli platformasi orqali 600 dan ortiq maqsadli B2B uchrashuvlar.
- Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi ko‘magida tashkil etilgan kichik va o‘rta biznes pavilyoni — 45 dan ortiq kompaniya ishtirokida.
- Biznes dasturi mavzulari: barqaror ishlab chiqarish, eksport strategiyalari, raqamlashtirish, standartlar, innovatsiyalar va ayollarning biznesdagi roli.
XALQARO BUYER DASTURI
2025-yilda Toshkentga 15 dan ortiq mamlakatlardan professional xaridorlar va savdo tarmoqlari vakillari tashrif buyurishdi.
Ular orasida — Buyuk Britaniya, AQSh, Germaniya, Pokiston, Portugaliya, Fransiya, Vengriya, Xitoy, Bolgariya, Polsha, Turkiya, Rossiya, Gonkong, Tojikiston, Qozog‘iston va Afg‘oniston vakillari bor.
Bu safar dasturda ilgari O‘zbekiston kompaniyalari bilan ishlamagan yangi xaridorlarning ishtiroki alohida e’tiborli bo‘ldi — bu mamlakat to‘qimachilik sohasiga bo‘lgan qiziqishning ortib borayotganini ko‘rsatadi.
Dastur maqsadi — eksport imkoniyatlarini kengaytirish va mahalliy mahsulotlarni xalqaro bozorlarga olib chiqish.
OCHILISH MAROSIMI
Rasmiy ochilishda davlat idoralari, soha uyushmalari va xalqaro hamkorlar vakillari qatnashib, bunday ko‘rgazmalar O‘zbekistonning turli davlatlar bilan ikki tomonlama hamkorligini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladilar.
Lenta kesish marosimida quyidagi ishtirokchilar qatnashdi:
- Dilfuza Samandarova — BMCA Uzbekistan direktori
- Muzaffar Razakov — Yengil sanoat sohasidagi jamoatchilik kengashi raisi
- Oygen Alles — Messe Frankfurt GmbH vakili
- Muhammadjon Jumaniazov — “Uztextileprom” assotsiatsiyasi birinchi rais o‘rinbosari
- Zhang Xinmin — Xitoy to‘qimachilik eksport-import palatasi rais o‘rinbosari
- Kamolat Mirzaliyeva — Kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash agentligi raisi
- Tatyana Ristaux — Messe Frankfurt Exhibition GmbH loyihalar rahbari
- Oybek Shayxov — EuroUZ bosh kotibi
- Baxtiyor Muhammadsaidov — Iqtisodiyot va moliya vazirligi boshqarmasi rahbari
XALQARO HAMKORLIK PLATFORMASI
Heimtextil Uzbekistan, Texworld Tashkent va Apparel Sourcing Tashkent — dunyo bo‘ylab 50 dan ortiq to‘qimachilik ko‘rgazmalarini birlashtiruvchi Messe Frankfurt tarmog‘ining bir qismi.
Ushbu ko‘rgazmalarning Toshkentda o‘tkazilishi O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi to‘qimachilik markaziga aylanayotganini yana bir bor tasdiqlaydi.
Ko‘rgazma quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi:
- uy va interyer to‘qimachiligi,
- matolar, ip va bezak ishlovi,
- tayyor kiyim-kechak va aksessuarlar,
- to‘qimachilik texnologiyalari va uskunalari.