Biznesda kerakli odamni topishning ikki yo'li bor.
Birinchisi — xat yozib, javob kutib, yana xat yozib, yana kutish. Ba'zan bu ishlaydi. Ko'pincha esa — haftalar o'tadi, natija esa hamon noaniq.
Ikkinchisi — kerakli odamlarning barchasi to'plangan joyga borish. Va shunchaki gaplashish.
Heimtextil Uzbekistan — aynan shunday joy.
Oylab davom etadigan muzokaralarni almashtiradigan uch kun
2025 yilgi ko'rgazmada 600 dan ortiq B2B-uchrashuv bo'ldi. Bayerlar, distribyutorlar, ishlab chiqaruvchilar, brendlar — ular bu yerga "ko'rib chiqish" uchun emas, balki kelishib olish uchun keladi. Va kelishib olishadi.
Stend yonidagi jonli suhbat elektron xat qila olmaydigan narsani qiladi: ishonch uyg'otadi. Ishonch esa biznesda tezlikdir.
Markaziy Osiyo. To'qimachilik. Hammasi bir joyda
12–14 oktabr 2026. Toshkent. O'zekspomarkaz.
O'zbekiston — mintaqaning eng yirik to'qimachilik markazi. 6 000 dan ortiq korxona, 83 mamlakatga eksport, paxta dalasidan tayyor mahsulotgacha to'liq ishlab chiqarish sikli. Bu yerda biznesni o'stirish uchun barcha imkoniyatlar to'plangan.
Heimtextil Uzbekistan Messe Frankfurt litsenziyasi asosida o'tkaziladi va bir vaqtning o'zida uchta tadbirni birlashtiradi:
– Heimtextil Uzbekistan — uy va interer to'qimachilik
–Texworld Tashkent — matolar, ip, materiallar
– Apparel Sourcing Tashkent — tayyor kiyim va kontraktli ishlab chiqarish
Markaziy Osiyoning eng yirik to'qimachilik B2B-tadbiri. Uchta ko'rgazma. Uch kun. Bir tom ostida.
Ko'rgazmaga kimlar keladi?
4 000+ professional tashrif buyuruvchi — va ularning har biri bu yerga ish bilan keladi:
–To'qimachilik va kiyim ishlab chiqaruvchilar
– Savdo tarmoqlarining bayerlari va xarid menejerlar
–Ulgurji distribyutorlar va importchilar
–Brendlar, dizaynerlar, chakana sotuvchilar
– HoReCa va ko'chmas mulk sohasining vakillari
Xarid to'g'risida qaror qabul qiluvchilar. Aynan siz izlayotganlar.
Sizning stendingiz — uch kunlik jonli biznes
Ko'rgazmada ishtirok etish — bu marketing xarajatlari emas. Bu yangi hamkorlar, yangi bozorlar va yangi shartnomalarga to'g'ridan-to'g'ri yo'l.
Boshqalar qidirayotgan payt — siz allaqachon uchrashyapsiz.
📩 heimtextil@bmca.uz
📞 +998 55 515 05 22
🔗 heimtextil.uz